Headline Ads Banner

Engallilar va o’qituvchilar uchun ko’rik tekin bo’ladi Bilim va fan

Adliya vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 214-moddasining birinchi qismiga qoʻshimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (www.regulation.uz) joylashtirildi. Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi shu haqida xabar berdi, deya yoza «kun.uz».

Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki davr va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi shart boʻlgan xodimlar roʻyxati koʻrsatilgan hamda tibbiy koʻriklardan oʻtilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor boʻlmasligi belgilangan.

Tahlillarga koʻra, umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarining bevosita bolalarga taʼlim va tarbiya berish bilan shugʻullanuvchi pedagog hamda boshqa xodimlari oʻzlarining shaxsiy mablagʻlari hisobidan sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganligi maʼlum boʻldi.

Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarining bevosita bolalarga taʼlim va tarbiya beruvchi pedagog va boshqa xodimlarini ish beruvchining byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarni, shuningdek pedagog xodimlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi taʼminlanishiga erishiladi.

Ohirgi izoh

Javob berish