Мактабларда ҳам қишки таътил узайти...
5 oy avval
5 oy avval
3 yil avval
3 yil avval
3 yil avval
Мактабларда ҳам қишк... Халқ таълими вазирлиги матбуот хизмати Ўзбекистонд...
O’zbekistonni ... 22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar ...
AQShda yuz bergan YT... 17-iyul kuni Kenfild shahrida (Ohayo shtati) yo‘l-...
Mirziyoyev Uluslarar... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mi...
14 oktyabr kuni, “Oʻzbekiston“ Mehmonxonasi yonida bir guruh ziyoli va ijtimoiy tarmoq faollari, qatagʻonlarning qabrlarini ziyorat qilish va yod etish uchun yigʻildilar.
Birinchi manzil,1937-1938 yillardagi qatagʻon bo’lganlarning suyaklari dafn etilgan Oqil Ota qabristoni bo’ldi.
U yerda 1937-1938-yillarda qatag’on bo’lganlar qanday qilib Oqil ota qabiristoniga olib kelishgani va qatag’on tarixi haqida Tarixchi Erkin Rajabov so’zlab berdilar.
Ziyoratchilar tarixchi olim Erkin Rajabovga qatagʻonlar boʻyicha kim ottirgan va ottirishga kim sababchi boʻlganligi haqida savol berishdi.
Savol-javob tugagach, qatag’onga uchraganlar haqqiga duo qilinib, ularning ezgu ishlari xotirlandi.
1990 yillar boshida qabristonda qatagʻonlar xotirasi uchun kichik yodgorlik oʻrnatilgan. Qabristonga dafn etilganlarning shaxsi maʼlum emas.
Ikkinchi manzil “Alvasti” koʻprik boʻldi.
Alvasti koʻprik eng asosiy qatogʻon qurbonlari otilgan nuqtalaridan biri boʻlgan.
Alvasti koʻprik tarixi haqida maʼlumot olib boʻlgach.
2000 yili ochilgan “Shahidlar xotirasi” maydoni yaqinida qatagʻon qurbonlari otilgan deb taxmin etiladigan eski Alvastikoʻprik oʻrni va yodgorlik majmuasi koʻzdan kechirilib, xalqimizni hurlik va erkinlikka undagan, mustabid tuzum yillarida qatagʻonga uchragan minglab fidoyi vatandoshlarimiz xotirlandi.
Toʻrtinchi manzil Chigʻatoy Qabristoni boʻldi.
70 yil oldin, stalincha ilk “oʻzbeklar ishining“ yetakchi qurbonlari Shayhzoda,Oybek,Mirtemir,Shuhrat,Hamid Sulaymon,M.Qori-Yaqubovlar dafn etilgan. Bu yerda ham duo qilinib, qatagʻonlar eslandi.
Ma’lumot uchun,1937-1939 yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligining “uchlik”lari tomonidan 41000 nafardan koʻproq kishi qamalgan. Shulardan 37000 nafardan koʻprogʻi sudlangan, 6920 kishi otib tashlangan.