Rossiyaning Wildberries internet-magazini 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda.

Bu to’g’risida Internet-kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Tatyana Bakalchuk “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bu yil biz Yevropaga, imkoniyati paydo bo’lsa MDHning boshqa mamlakatlariga ham chiqishni rejalashtirmoqdamiz. U yerda o’z faoliyatimizni boshlash uchun bir necha mamlakatlar bor, lekin hozircha aynan qaysilari ekanligi haqida gapirmayman», — deydi internet-magazin egasi.

Bakalchuk kompaniya do’konlari paydo bo’lishi mumkin bo’lgan mamlakatlar orasida Ozarbayjon, Gruziya va O’zbekiston borligini ma’lum qildi.

Wildberries internet-magazini turli xil toifadagi mahsulotlarni sotish bilan shug’ullanadi, shu jumladan, o’yinchoqlar, sport va bolalar ozuqasi, elektronika, kitoblar va hokazo.

2018-yilda kompaniya daromadi 1,7 milliard $ga yetdi. Tatyana Bakalchuk Wildberries’ning yagona egasidir. Yil oyakunlariga ko’ra, Wildberries Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalari reytingida to’rtinchi o’rinni egalladi va Bakalchuk esa Rossiyaning ikkinchi milliarder ayoliga aylandi.