Headline Ads Banner

Said Abdulaziz Yusupov «ishi»: Ovoz o’chirish operatsiyasimi? Orqasida nima bor? O'zbekiston, Umumiy

10-may kuni Toshkentda O’zbekiston DXX tomonidan Matbuotni rivojlantirish fondi raisi, jurnalist va huquq o’zmani Said Abdulaziz Yusupov ushlangan va qamab qo’yilgan. DXX va Prokuratura bildirgan rasmiy ma’lumotga ko’ra, uning firibgarlik qilib kishilardan pora-pul olgani aytilmoqda.

Shu o’rinda quyidagi savollar tug’iladi:

1. Qachondan beri DXXga firibgarlik ishlari bilan shug’ullanish topshirilgan? Bu ishlar bilan ichki ishlar, prokuratura ilgilanmaydimi?S.A.Yusupov

2. Oddiy bir fond raisiga kim, nima sababdan pora berishi mumkin?

3. Agar firibgarlik voqeasi haqiqatan bor bo’lsa, nega fakt ustida emas, mahallasidan ushlab ketildi?

Bugun bu savollar Yusupovni tanigan-bilgan hammaning aqliga kelishi turgan gap.

Said Abdulaziz Yusupov O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshlatgan yangi o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlab kelayotgan, bu haqida ko’plab maqolalar va ko’rsatuvlar tayyorlagan qalam egasidir.
U, shuningdek, O’zbekistonda tanilgan terrorga qarshi kurash analitik o’zmanlaridan biri.

Bu kabi tanilgan bir kishini kesin faktlar ochiqlanmasdan ur-bos qilib qamoqqa olinishi beixtiyor 1937 yillardagi stalin terrori, 1980-yillardagi «paxta ishi» terrori, karimov davridagi O’zbeklarga qarshi qatag’onlarni esga keltiradi…

Kuzatuvchilar, agar kesin faktlar ochiqlanmasa, Yusupov «ishi»ning Mirziyoyev tarafdorlarining «ovozini o’chirish» operatsiyasi deb baholanishi mumkinligini aytmoqdalar.

Voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Javob berish