Headline Ads Banner

Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov ishbirlik masalalari to’g’risida so’zlashdi Dunyo, O'zbekiston, Umumiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay ishbirlik usyushmasidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.

Javob berish