Headline Ads Banner

Bektemir Meliqo‘ziyev ilk professional jangida raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi Dunyo, O'zbekiston, Sport

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (1-0, 1 KO) debyut jangini o‘tkazdi.

Los-Anjyelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt o‘ziga kela olmay o‘rnida tura olmadi. Shunday qilib Meliqo‘ziyev o‘zining debyut jangida g‘alaba qozondi.

Javob berish