Headline Ads Banner

O’zbekistonda qonun ishlash kimning yetkisida? Dunyo, O'zbekiston, Umumiy

Demokratik sekulyar davlat tuzumlarida kuchlar ajrimi Ona Yasa (Konstitutsiya) bilan keskin belgilab qo’yiladi.

O’zbekiston Ona Yasasida ham bu asoslar bitilgan.

Masalan;
1. Qonun chiqaruvchi quvvat. Odatda, xalq ichidan erkin saylov yo’li bilan saylangan el vakillaridan tuzilgan Parlament.

2. Qonunlarga ko’ra mamlakatni boshqaruvchi quvvat. Prezident yoki Premer Ministr tomonidan boshqariladigan yuritma (ijro) quvvati.

3. Ajrim va jazo quvvati. Bu hech kimga bo’ysunmaydigan mahkama (sud) kuchlaridir.

4. ***Rasmiy bo’lmagan holda, 4-quvvat deb OAV (ommaviy axbor kuchlari) tushuniladi.

Kuni kecha O’zbekiston ichki ishlar boqon(vazir)ligi namoyish va piketlar haqida qonun qoralamasi ishlab chiqqanligi bildirildi.

Ichki ishlar boqonligi 2-quvvat ichiga kiradigan bir tashkilot. Qanday bo’ldi-da, bu boqonlik o’ziga Parlament komissiyasi vazifasini yuklab, qonun qopalamasi ishlab chiqdi?

Bu savolga O’zbekistonda javob berish oson, aytilgan – qildi deb. Lekin, dunyo oldida bu harakatning Ona Yasaga uyg’unligini hech kimga tushuntira olmaysiz.

Agar, O’zbekiston dunyo ko’zida hurmat qozonishni istasa, eng avvalo kuchlar ayrilishiga amal qilishi shart. Boqonlikning vazifasi, qonunlarga ko’ra ishlash, qonun ishlab chiqarish emas.

Bundan tashqari, Ichki ishlar boqonligi, DXX, Prokuraturaning tergov huquqi cheklanib, ayri bir Tergov Tashkiloti tuzilishi kerak va u tashkilot to’g’ridan Bosh Mahkamaga bo’ysunishi kerak.
Ichki ishlar, DXX va Prokuraturaga birlamchi surishtiruv, 3 kundan oshmaydigan, uzaytirilmaydigan vaqtinchalik ko’z ostiga olish huquqi berilishi lozim.

3 kundan oshadigan holat yuzaga kelganida esa, yuqorida aytilgan tashkilotlar ko’z ostidagi kishini, surishtiruv materiallari bilan birga Tergov Tashkiloti ixtiyoriga topshirishi lozim.
Ilg’or davlatlarning demokratik tuzilmasi ana shunday ishlaydi. Bu asoslarga amal qilmaydigan mamlakatlarga esa past nazar bilan qaraladi.

Past nazar bilan qaraladigan, hatto nodemokratik deb tushuniladigan mamlakatlarga katta biznes yotirim qo’ymaydi, ishonchsizlik bilan yondoshadi.

O’zbekistonga tashqaridan yotirim kiritish uchun harakatlar bo’layotganini bilamiz. Lekin, toki sistemaning to’g’ri ishlashi yo’lga qo’yilmas ekan, katta yotirimlar haqida gapirmasa ham bo’ladi.

Faxriddin Tojimurod
Kanada

Javob berish