Sirdaryo viloyati markazidan Tojiki
1 yil avval
1 yil avval
1 yil avval
1 yil avval
1 yil avval
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ishyeri-uyushmalar rahbarlari bilan oʻtkazgan yigʻilishda rahbarlarni inson shaʼnini tahqirlovchi soʻzlar bilan so’kkanini isbotlovchi audioyozuv tarmoqlarda tarqadi.
Audioyozuvda haqoratning eng kuchlisi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Avazbek Abdurahmonovga nisbatan aytilgani eshitiladi.
Viloyat hokimi boshqarma boshligʻini “iflos, hayvon, shakal, hezalak, karranda, maymun” kabi soʻzlar bilan siylagan.
Audiodan anglashinicha, bu yig’ilish iyun oyining boshlarida, Izboskan tumani markazi Poytugʻda boʻlib oʻtgan.
Bu audiodagi ovoz viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli ekanligini, hokim oʻtkazadigan yig’ilishlarda koʻp marta qatnashgan viloyat darajasidagi uyushmalardan birining boshchisi da tasdiqlagani aytilmoqda .
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov deb ishonilayotgan ovoz egasi, bu majlisda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Avazbek Abdurahmonovni ayovsiz so’kadi:
“Nega menga bunaqa aql beryapsan, ey oblzdravning boshligʻi, iflos, maraz, latta. Ey seni oʻzi nimadan xabaring bor, aytgin! Kasaldan xabaring boʻlmasa, undan xabaring boʻlmasa, anavu marazing, vazirchang iflos, kecha menga kevolib, koʻtimga paxta qoʻyib, Andijondan chiqqan, Genprokurorga xat kirgizibdi. Shprisni unaqa qilib oʻtkazyapti, perchatkani munaqa qilib oʻtkazyapti tender qilmasdan. Sen marazsan, dudkasan sen, erta-indin boshingni yeyman, sen iflosni. Genprokuror menga aytyapti, Shuhrat aka borib vazir bilan gaplashivoling, mana bunday xat qilyapti, deb. Men shprisni kirgizdirib, kattaxolamnikiga olib ketyapmanmi? Nimasiga eʼtirozing bor, sifatsiz deganmishsan, iflos? Sen, kak medik tushunadigan boʻlsang, nimasi sifatsiz uni?
(shu payt boshqarma boshligʻi pastda turib nimadir deydi, lekin hokim tutoqib ketadi)
Eʼtiroz bildirmasang, nega unaqa qiladi. KRU sening uyingga kelganmi yoki meni uyimga? Qayerga qarading sen iflos, nega qoʻlidan yetaklab, yur hokimning oldiga, deb aytmading? Sifatsiz deysan, nimaga aytmading, it! Ikkita frontga oʻynayapsan, sen iflos! Tilingni uzib, koʻtingga tiqib yuboraman, sen marazni hali! Sen oʻynashyapsan men bilan, hezalak! Lekin eshitib ol. Bugun mening qoʻlimda vlast! Ikkovingni soʻyaman, sen ifloslarni hali!
Hokim sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻiga nisbatan aytgan haqoratli gaplarini, boshqarma Andijonda ishlab chiqarilgan shpris va tibbiyot qoʻlqoplarini sifatsiz deb, Toshkentdagi firmalardan sotib olayotgani bilan izohlaydi:
“Toshkentdagi bitta iflos, bir yerdan import qilib olib kelyapti, shprisni. Uni tepasida 15-20 foizdan hammasi oʻtiribdi. Endi, ularning rizqi qirqildi-da! Men u yoqqa pul oʻtkazmayapman, oʻzimnikini olaman, deyapman. Manavu glavvrachlarni toʻplaganman, oliftalarni, koʻtiboʻqlarni. Umrimda bormagan, iflos, bolnisangga bordimmi? Hammasini toʻplab aytyapman. Mana shpris, mana perchatka, sifatiga, narxiga eʼtirozing boʻlsa, ayt, deyapman. Koʻtingni qisding hammang, bittang tishingni oqini koʻrsatmading. Mening shpris zavodimda 150ta odam ishlayapti, agar shpris sotilmasa ularga oylik berilmaydi. U zavod menga soliq toʻlayapti. U tadbirkor pul sarfladi, zavod olib keldi. Unga yordam bermasam, ertaga bankrot boʻladi. Nimaga men toshkentlik ikkita oliftaning dudkasiga oʻynab uning shpritsini olishim kerak? Bu itlarning koʻti kuyib, ana shu dudkaning idorasiga toʻplanishib olib, xat qilishgan. Yozgan aybini qarang, hokim sifatsiz narsani oʻtkazyapti. Nimasi sifatsiz, boʻynimga qoʻyib ber meni, maraz!
(Pastdan sifatsiz narsani… degan ovoz eshitiladi va hokim yana tutoqib ketadi)
“Men senga olib kelib berib, ogʻzingga tiqib, koʻtingdan chiqarib yuboraman, ana shu prokuraturaga yozgan xatingni”.
27 iyun kuni Oʻzbekistondagi bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Avazbek Abdurahmonovning ishdan boʻshatilgani haqida xabarlar paydo boʻldi.
Avazbek Abdurahmonovning oʻzi 27 iyun kuni ishdan boʻshatilmagani va yig’ilishda hokim uni haqorat qilganini eslolmayotganini aytgan:
– Unaqa holat boʻlmagan. Men eslolmayapman. Uzr, oldimda odamlar bor edi, deb Avazbek Abdurahmonov aloqani uzgan.
Bahram Rahmanjan