Headline Ads Banner

Samarqand Jahon madaniy merosi tizmasidan chiqarilishi mumkin O'zbekiston

Samarqand YUNЕSKOning Jahon madaniy merosi tizmasidan chiqariladigan obyektlar qatoridan joy olishi mumkin. Bu haqda YUNЕSKO rasmiy saytidagi hujjatda bilgi berildi.

Jahon merosi qoʻmitasining Ozarbayjon poytaxti Bakuda 30 iyundan 10 iyulgacha oʻtadigan 43-sessiyasi arafasida eʼlon qilingan hujjatda aytilishicha, Samarqandning tarixiy qismida uylar, qo’nig’ uylar va boshqa binolar qurilmoqda. Bu esa madaniy qiymatga ega tarixiy binolarga zarar yetkazmoqda.

Hujjatda taʼkidlanishicha, 2022 yilda oʻtadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Oʻzbek hukumatining Samarqandda yangi qo’nig’ uylarni va koʻp qavatli binolarni qurish rejasi da tashvish uygʻotmoqda.

Ayni chog’da qoʻmita Samarqand kenti bosh planini tayyorlash rejasini olqishladi va bu reja YUNЕSKO tavsiyalarini eʼtiborga olgan holda tayyorlanishiga umid bildirdi.

Jahon merosi qoʻmitasi Samarqand yuzasidan 2008 yildan beri tashvish bildirib keladi. Qoʻmita YUNЕSKO markaziy kengashiga Samarqandning tarixiy qismini saqlab qolish masalasini kuchliroq nazorat ostiga olish iltimosi bilan murojaat qilgan.

2016 yilda Shahrisabz ham Jahon madaniy merosi roʻyxatidan chiqarilish tahdidi ostida qolgan edi. 2018 yilda Oʻzbekiston YUNЕSKOga Shahrisabz tarixiy qismini saqlab qolish yoʻnalishidagi ishlarni kuchaytirishga vaʼda bergani ortidan, bu shahar Jahon madaniy merosi tizmasida qoldirilgan.

Bahram Rahmanjan

Javob berish