Headline Ads Banner

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali so’zlashdi Dunyo, O'yin dunyosi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligi yo‘lidagi tinimsiz faoliyatida yutuqlar tiladi.

Elboshi boshchiligida Qozog‘istonda tinchlik va totuvlik ta’minlangani, ijtimoiy-iqtisodiy o’sishda katta yutuqlarga erishilgani, o’lkaning elaro maydondagi nufuzi salmoqli darajada yuksalgani alohida ta’kidlani.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Javob berish