Headline Ads Banner

O’zbek tennischisi Humoyun Sultonov finalga chiqdi O'zbekiston, Sport

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda.

Bugun erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslarida final yo‘llanmasi uchun kortga tushgan Humoyun Sultonov fransiyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida yengdi.

Ilk o‘yinlarda Shri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobd yenggan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.

O‘zbekistonning 5-raqamli raketkasi bo‘lgan O’zbek tennischisi Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-o‘rinni egallab turibdi.

Bahram Rahmanjan

Javob berish