Headline Ads Banner

Turkiyaga qarshi Rusiya-Amerika o’yini(mi)… Dunyo, Umumiy

 

Turkiya S400 larni oldi… Oldi deb faraz qilamiz…
Nega faraz qilamiz?
Shunga:
S400 lar Rusiyaning o’zida amalda turgan asosiy qo’rima quroli. Kimga qarshi? Asosan NATOga qarshi.
Men bilgan Rusiya, o’zi dushman deb bilgan NATO blokining bir a’zosiga o’zining asosiy qurolini berib o’z kuchini qirqmaydi..
Armiyada S200 da xizmat qilganman. Sistemaning nimaligini, qanaqa qo’rinishini oz-ko’p bilaman.
Shu sababli men, Turkiyaning olgan raketalari aslo uchadigan deb o’ylamayman. Hatto, uchsa ham, Rusiya tomonidan istalgan paytda havoda uzoqdan boshqarish orqali yo’q qilinishi mumkin…
S200 larda o’z-o’zini imxo qilish programmasi 1980 larda bor edi.
Savol shuki, bu ilg’or qurol nega Turkiyaga sotildi? Nega avvaliga oyog’ini tirab turgan Tramp aka oxirida yumshab ketdi?
Eng qo’rqinchli senariy shu:
Amerika (NATO) va Rusiya o’zaro til biriktirib, Turkiyaga so’ng yuz yilning eng katta o’yinini o’ynamoqda. Maqsad, yaqin kelajakda Turkiyani parchalab, har tomon bir miqdor ulush olmoqchi.
Bu qaysi yo’l bilan mumkin qilinadi?
1. Amerika va boshqa NATO o’lkalari ilk jarayonda sal-pal o’pkalanib bir qarshi, bir rozi bo’lganday ko’rinadi.
2. S400 lar Turkiyada o’rnatilgandan keyin NATO va Amerika Turkiyaga qarshi moliyaviy, iqtisodiy bosim o’tkazishni boshlaydi.
3. Turkiya yon bermasdan oyoq tiraydi, har ikki tomondan kuchliroq do’q-po’pisalar boshlanadi.
4. NATOning shoshilinch yig’ilishida Turkiya bir dushman mamlakatdan yaroq olgani uchun NATOdan chiqariladi.
5. Armiyasi FETO va uning izdoshlari tarafidan kuchsizlashtirilgan Turkiya bilan biror arab mamlakati o’rtasida urush chiqartiriladi…
 
Qolganini yozishga qo’lim bormadi… Ishqilib gaplarim hech qachon to’g’ri chiqmasin…
 
Faxriddin Tojimurod.
Kanada.

Javob berish