Headline Ads Banner

Azon TV O’zbekistonda arabparastlikni yoymoqdami? Beshinchi burchak, O'zbekiston, Umumiy

Yurtimizda so’nggi yillarda turli yo’nalishlarga erkinlik berilgani barchaga ma’lum.

Bu erkinliklardan diniy yo’nalishda ham keng miqyosda foydalanilmoqda. Xususan, «Azon TV» media portali da o’z faoliyatini olib bormoqda.

«Azon TV» portali bir yil oldin O’zbekistonda shar’iy tuzumni joriy qilishga chaqiriqlar bitilgan maqolalar, shuningdek, o’lkamizda turk seriallarini yoyinlashni to’xtatish chaqirig’lari bilan «atoqli» bo’lgan edi.

O’zbekiston Respublikasi sekulyar demokratik davlat, albatta demokratik tuzumda har bir vatandosh o’z fikrini aytishga, o’z g’oyalarini qonun doirasida tarqatish huquqiga ega. Biroq, O’zbekistondagi demokratik muhitga salbiy ta’sir qiluvchi turli chiqishlarni qoralaymiz.

Bugungi kunda «Azon TV» portali O’zbekistonda arabparastlik g’oyalarini targ’ib qilayotgan «Yo’lovchi» programmasini ishga tushirgan. Unda yo’lovchilarga arab tarixi haqida savollar beriladi va savolga to’g’ri javob topganlarga islomchi kitoblar ulashiladi.

Islom dini hozirgi Saudiya Arabistoni yerlarida paydo bo’lgan bo’lsa-da, Turkiston olimlarining bilim kuchi bilan dunyoga ko’proq yoyilgan.

«Azon TV» portali mas’ullari esa islom dini bilan arabparastlikni farqiga bormay qolgan shekilli, yo’lovchilarga faqat arab tarixidan savol berishadi.

Savollar orasida aqlga sig’maydigan, ilmiy tasdiqlanmagan fantastik da’volar ham bor:

Bundan tashqari, ko’rsatuvni olib boruvchilar maktab o’quvchilariga ham arab tarixidan savollar berayotganini kuzatish mumkin.

Bu holatlarni kuzata turib, «Azon TV»ga o’xshagan turli media portallarning O’zbekistondagi demokratiya bergan qulayliklardan o’z g’aliz niyatida foydalanayotganiga amin bo’ldim.

Biz hech bir dinga, inonchga qarshi emasmiz, istagan islomga e’tiqod qilsin, istagan «makaron xudosi» diniga topinsin. Biroq, diniy erkinliklarni ro’kach qilib, o’lkamizda bizga yot bo’lgan g’oyalarni, arabparastlikni yoyilishiga qarshimiz.

Islom dini o’lkamizda arab bosqinidan so’ng tarqalgan bo’lsa-da, islomni dunyoga yoyganlar arablar emas, aynan bizning bobolarimizdir.

Savol tug’iladi:

Nega «Yo’lovchi» ka’bi ko’rsatuvlar islomning O’zbekona modelini targ’ib qilmayapti? Nega ularning so’rovnomalari orasida Amir Temur, O’zbek Xon, Shayboniy Xonlarning islomga qo’shgan xissalari haqida savollar yo’q?

O’lkamiz musulmonlarining mazhabi bo’lgan va dunyoga tarqalgan so’fiylik tariqati emas, arab tarixini, arabparastlikni yoyish bilan shug’ullanayotganlarga munosib javob berib qo’yishimizga nima to’g’anoq bo’lmoqda?

So’z so’nggida, O’zbekistonning tegishli organlari vakillaridan mazkur portal faoliyati qonuniyligini tekshirib, qonuniy baho berilishini, imkon bo’lsa o’lkamizda millatimizga yot g’oyalarni targ’ib qilayotganlarga chora ko’rilishini so’rab qolamiz.

Erkin Asranbekov.

Javob berish