Headline Ads Banner

O‘zbek tennischilari Butunjahon talabalar universiadasida birinchi o‘rinni egallashdi Dunyo, O'zbekiston, Sport

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlarining o‘ninchi kungi bahslari O’zbek sportchilari uchun yutuqli bo’ldi. O‘zbekistonning Universiada o‘yinlari o’tmishidagi tennis bo‘yicha ilk sovrinini qo‘lga kiritgan vakillarimiz delegatsiyamizga yana ikkita medalni sovg’a qilishdi.

Yosh tennischimiz Humoyun Sultonov erkaklar o‘rtasidagi yakkalik kurashlarida da yutuqqa erishdi.

Ilj o‘yinlarda Shri-Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini hamda chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitni yirik hisobda yutgan yurtdoshimiz yarim finalda fransiyalik Lukas Poullaindan 6/0, 6/3 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga chiqqan Humoyun Sultonov birinchi setda tay-breykda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi setda raqibiga yutqazib qo‘ydi hamda delegatsiyamizning universiadadagi yettinchi sovrini sanalgan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Juftlik bahslarida oltin, yakkalikda kumush medalga sazovor bo‘lgan tennischi yigitlarimiz umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqaning oltin medalini ya’ni O‘zbekistonning Universiada o‘yinlari tarixidagi tennis bo‘yicha ilk medalini qo‘lga kiritishgan edi.

Bahram Rahmanjan

Javob berish