Headline Ads Banner

12 nafar bokschimiz Tailandda o’tkaziladigan bellashuvlarga qatnashadi Dunyo, O'zbekiston, Sport

20-27-iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha uluslararo bellashuv bo‘lib o‘tadi. Jahonning yetakchi o’lkalaridan keladigan charm qo‘lqop ustalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda deyarli asosiy tarkib bilan qatnashadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, unda erkaklar o‘rtasida 8 ta, ayollar o‘rtasida 6 ta vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Ta’kidlash joiz, musobaqada eski vazn toifalari amal qiladi. Unda 14 nafar bokschimiz qatnashishi belgilab qo‘yilgan. Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

Ayollar:

-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullayeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-69 kg: Maftunaxon Meyliyeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova

Yurtdoshlarimiz 17-iyul kuni Tailand safariga jo‘nab ketishadi.

Bahram  Rahmanjan

Javob berish