Headline Ads Banner

Andijonda “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari” yaratildi O'zbekiston

Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini moslashtirish boshqarmasining 1, 2, 3, 4, 5, 6-sonli ichki ishlar bo‘limlarida 6 ta “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari” yaratildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, “Vaziyatlarni nazorat qilish markazlari”ni yaratish chog’ida kriminogen jihatdan og‘ir bo‘lgan hududlar, bozorlar hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar to‘planishi mumkin bo‘lgan yerlar va huquqbuzarliklar ko‘p sodir etiladigan joylar o‘rganilib chiqilgan.

Har bir IIB hududiga o‘rnatilgan umumiy 286 dona yuqori tiniq tasvirga tushirishga ega bo‘lgan, kun-u tun rejimida ishlovchi hamda yuz qiyofa orqali shaxsini aniqlovchi 12 dona videokuzatuv kameralari “Vaziyatlarni nazorat etish markazlari”ga ulangan.

Qayd etilishicha, video kuzatuv moslamalari yordamida mast holda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga shubha uyg‘otgan 17 kishi aniqlanib, hodisa joylariga tezlik bilan IIB xodimlarining yuborilishi natijasida hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldi olingan.

Bahram Rahmanjan

Javob berish