Headline Ads Banner

Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi Bilgisanar dunyosi, Dunyo, Texnologoya

Birinchi beshtalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etishgan.

AnTuTu standart benchmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuchli 10ta Android-smartfon tizimini e’lon qilishdi.

Reytingni o‘rtacha 371 000dan yuqori balni tashkil etgan holda OnePlus 7 Pro boshqarib bormoqda.

Keyingi o‘rinda hali ham aktualligini yo‘qotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uchinchi pog‘onada esa o‘yin smartfoni Black Shark 2 joylashgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravishda 4 va 5 o‘rinlarda. Ularning barchasi yetakchidan bir necha ming balga ortda qolishmoqda.

Ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasida shu yilning fevralida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bo‘lishini noodatiy holat desa bo‘ladi. Sony’ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham shu gapni aytish mumkin, u yettinchi qatorda joylashgan.

O‘nlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.

Uskunalar qarshisidagi ball — eng yuqori ko‘rsatkich emas, o‘rtachasi keltirilgan. Hisoblashlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida o‘tkazilgan sinovlar natijasidir.

Bahram Rahmanjan

Javob berish