Headline Ads Banner

O‘zbek gandbolchilari uluslararo turnirda kumush medalni qo‘lga kiritishdi O'zbekiston, Sport

Italiyaning Teramo kentida bo’lib o’tgan gandbol bo‘yicha U-18 yosh toifasidagi Jahon kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, uluslararo gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi, 47-marta o‘tkazilgan xalqaro «Interamnia» Jahon kubogida O‘zbekiston gandbol terma jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jahonning 32 o’lkasidan 122ta jamoa qatnashgan bahslarda Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilaridan iborat terma jamoa yurtimiz sharafini himoya qildi. O‘yinlar 5ta yopiq va 9ta ochiq maydonlarda o‘tkazildi.

Ulug‘bek Ikromov shogirdlari 9ta jamoa qatnashgan guruh bosqichida Daniya (30:9), Chexiya (30:18),  Polsha (38:12), Vengriya (20:20), Fransiya (22:16), Germaniya (28:9), Italiya (22:15), Turkiya (34:15) kabi jamoalarga qarshi kurash olib bordi va ularning aksariyatini yirik hisoblarda yengishning uddasidan chiqishdi.

O‘zbekistonlik sportchilar ham Chexiya, Daniya va Vengriya qatorida chorak finalga chiqdi.

Gandbolchilarimiz yarim finalda vengriyaliklarni 28:18 hisobi bilan dog‘da qoldirib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston vakillari Chexiya terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda 25:26 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalanishdi.

Bahram Rahmanjan

Javob berish