Headline Ads Banner

Ko’kyuzini (kosmosni) zabt etgan O’zbeklar Beshinchi burchak

Ko’kyuzini (Kosmosni) zabt etgan O’zbeklar:

Umumjahon koinotni oʻzlashtirish boʻyicha qirgʻizistonlik oʻzbeklarning xissasi juda salmoqli. Akademik Xalililullo Rahmatulin, Lunoxodni yasashda faol ishtirok etgan akademik Muhammadjon Mamasaidov, fazogirlarni sogʻlomlashtirish tizimini ishlab chiqib ularni xayotga tatbiq etgan akademik Miraziz Mirahimov, ikki bora fazoni ishgʻol qilgan kosmonavt Solijon Sharipov insoniyat tarixining zar varaqlariga bitildilar.

“Moziygʻa qarab ish koʻrmogʻliq xayrlidir”

20-Asr boshlarida Toʻqmoqda yashab istiqomat qilgan Ahmadullo ota Rahmatullo oʻgʻlining xonadoni Qirgʻiziston va butun dunyoga taniqli ikki alloma oʻgʻilni tarbiyalab yetkazishga musharraf boʻldi.Bulardan birinchisi qirgʻiz adabiyotshunosligining tamal toshini qoʻyganlardan biri O’zbek o’g’loni Halimjon Ahmedovich Rahmatullin boʻlsa,ikkinchisi uning ukasi, mashhur fizik olim, Sotsialistik mehnat Qahramoni Xalilullo Ahmedovich Rahmatullin.

XALILULLO RAHMATULLIN

Ulkan fan tashkilotchisi.

Mashhur fizik olim.

SSSR fanlari akademiyasi haqiqiy aʼzosi.

RSFSR fanlar akademiyasi aʼzosi.

Nazariy va amaliy mexanika boʻyicha SSSR milliy qomitasi aʼzosi.

RSFSR va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi.

Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasining akademigi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti nishondori.

Toʻrt karra Lenin ordeni sovrindori.

“ Mehnat Qizil Bayroq” va “Hurmat belgisi” ordenlari nishondori.

Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Hayoti :

Xalilullo Ahmedovich Raxmatullin –
1909 yilning 23 aprelida Rossiya imperiyasi, Turkiston oʻlkasi, Semirechensk viloyati,Pishpek uyezd-shahriga qarashli Toʻqmoq shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Uning tugʻilishidan sal ilgari otasi Ahmad aka vafot etgan edi. Bir necha yildan soʻng onasi xam qazo kilgach, gudakni tuqqiz farzandli xolasi oʻninchi bola kilib boqib oladi. Yosh Xalilulloning ilm-bilimga qiziqishini, bu boradagi kobiliyatini paykagan pochchasi Davlatbek aka uni matematika soxasiga qiziqtirib kuyadi.
Xalilullo Ahmedovich Raxmatullin 1925 yilda Toshkent pedagogika texnikumiga oʻqishga kiradi, uni tamomlagach, shu yerning oʻzida dars bera boshlaydi. Ayni vaqtda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining fizika – matematika fakultetiga kirib, 1931 yilda A. V. Lunacharskiyning shaxsan aralashuvi bilan oʻqishni Moskva Davlat universitetiga koʻchirib oladi va 1934 yilda mexanika – matematika fakultetini tamomlaydi. 1937 yili F. I. Frankl raxbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, oʻzi bitirgan mexanika – matematika fakultetida dotsent, aerodinamika laboratoriyasi mudiri, gaz dinamikasi, toʻlqin dinamikasi, keyinchalik esa birlashgan gaz va toʻlqin dinamikasi kafedralarining doimiy rahbari bulib ishladi.
Moskva Davlat universitetining Mexanika instituti ( 1959 ) asoschilaridan biri buladi.
1941 yilda X. A. Raxmatullin MDU bilan birga Ashxobodga evakuatsiya kilindi. Bu yerda u 1943 yilda “ Parashyut nazariyasi ” mavzuida dissertatsiya yoqladi va fizika – matematika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. II jaxon urushi yillarida amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari uchun u MDUning M. V. Lomonosov nomidagi mukofoti ( 1945 ) va Stalin mukofoti (1949 ) ga sazovor boʻldi.
1943 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi taʼsis etilgach, uning tashabbuskorlaridan bulgan X. A. Raxmatullin OʻzFA akademigi etib saylandi.
1947 yilda Moskva yaqinidagi Kaliningrad shaharchasida “ NII – 88 ” nomi bilan mashxur bulgan raketa markazida ishlay boshladi ( bu yerda S. P. Korolyov konstruktorlik bulimining boshligʻi, A. A. Ilyushin esa ilmiy ishlar buyicha boshlik urinbosari edi, Xalil Raxmatullinni aynan Ilyushin bu yerga ishga taklif etgan ).
Mashinasozlik ITIda professor X. A. Raxmatullin raxbarligida laboratoriya sharoitida sekundiga 11 km tezlikda parvoz qilayotgan kosmik kemalarning atmosferaga kirib kelishidagi real vaziyatda – 11000 daraja issiqlik sharoitida sinovi oʻtkazila boshladi. Bu esa oʻsha davrda favkulodda katta ilmiy yangilik edi. X. A. Raxmatullin raxbarligidagi mazkur tadkikot 1974 yilda SSSR Davlat mukofotiga sazovor buldi. Olimning porashyut uskunasini takomillashtirish soxasidagi xizmatlari xozir xam katta axamiyatga ega.
Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi R. I. Nigmatullinning yozishicha, 1957 yilda Yerning birinchi sunʼiy yuldoshi kosmosga chiqishi munosabati bilan SSSR raxbari N. S. Xrushchyov va boshka arboblar ishtirokidagi banketda S. P. Korolyov sovet fani yutuqlari uchun kadax koʻtarishni taklif etib aytgan soʻzida, eng avvalo ,ikki olimning – MDU professori Xalilullo Ahmedovich Raxmatullin va akademik Mstislav Vsevolodovich Keldish nomlarini tilga oladi. Ana shunda Xrushchyov qiziqsinib suraydi: – Kim u,Raxmatullin deganlari, tatarmi? – Yuk, u oʻzbek olimi, -deb javob beradi Korolyov. Xaqiqatdan ham, aerodinamika sohasida jaxonda eng yirik tadqiqotchilardan biri bulgan Xalilillo Ahmedovichning ilmiy ishlarisiz SSSR kosmonavtika sohasida biz bilgan ulkan yutuqlarga erishishi dargumon edi.
Barcha katta olimlarda boʻlgani kabi, X. A. Raxmatullin ham oʻtkir aqli, ajoyib qobiliyati va fazilatlari bilan kupchilikni lol qoldirgan. Murakkab matematik masalalarni yechish – uning sevimli mashgʻuloti edi. Matematika boʻlimining talabasi bulgan Tatyana Belayaning diplom ishida duch kelingan va xech kim uddalay olmagan masalani bir zumda yechgani bilan dovruq qozongan ( olim keyinchalik mazkur talaba bilan turmush kurgan ). Imtixonlar chogʻidagi yumshokqligi va xayrihoxligi tufayli unga talabalar “ xalk doʻsti” degan xazilomuz lakab qoʻyishgan, ular olimni juda ardoqlashar edi. Yana bir xangoma shundan iboratki, Xalilullo Ahmedovich bir kuni shogirdi Yu. A. Demyanovning kayfiyati yoʻqligini koʻrib, sababini surishtiradi. Demyanov unga oʻz ishida xato borligini payqab qolgani, shu sababli, ruxi tushib ketganini aytsa, “ Ie bunga xursand boʻlmaysizmi, axir xato bittaga kamayibdi – ku ? ” deb dalda beradi.
Nazariy va amaliy mexanika buyicha SSSR Milliy komiteti aʼzosi, Sotsialistik Mexnat Kaxramoni, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, turt marta Lenin ordeni,Mehnat Qizil Bayroq ordeni, “Hurmat belgisi ” ordeni, “ Moskva mudofaasi uchun ” medali soxibi, Oʻzbekiston SSRda va RSFSRda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi, OʻzSSR Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati Xalilullo Ahmedovich Raxmatullin ayni paytda ulkan fan tashkilotchisi xam edi. Nazariy va amaliy mexanika buyicha SSSR Milliy komiteti uning nomida medal taʼsis etgani hamda uning ilm -fan soxasidagi xizmatlari kay darajada eʼtirof etilganini koʻrsatadi. Xalilullo Ahmedovich Raxmatullin butun umrini ilm – fanning eng dolzarb, mudofaa axamiyatiga molik masalalarga bagʻishladi, aerodinamika hamda toʻlqin dinamikasi sohalarida jaxon miqyosidagi alloma boʻlib yetishdi. Uning rahbarligida yuz ellik kishi fan nomzodi, yigirma besh nafar olim fan doktori degan ilmiy darajani olishga muvaffaq boʻldi. Bu qadar sermahsul ustoz bulish fan olamida kamdan – kam allomaga nasib etgan.
Oʻtgan asrning oltmishinchi – yetmishinchi yillarida Xalilullo Ahmedovich Toshkentga tez – tez kelib turar, oʻzbek adiblari va olimlari bilan qalin aloqa bogʻlagan edi, bu uning oʻzbek muxitiga intilishi, keksaygan chogʻida milliy ildizlaridan ruxiy – maʼnaviy oziq olishga intilishi edi, albatta.
Xalilullo Ahmedovich Rahmatullin 1988 yilning 10 yanvarida Moskva shahrida vafot etgan.
Moskvadagi “Kunseva” qabristoniga dafn etilgan.

«O’zbekistonda tug’ilmagan O’zbeklar» sahifasidan olindi.

Javob berish