Headline Ads Banner

Tilimizni qiyinlashtirmaylik! Beshinchi burchak, O'zbekiston

Jadid bobolarimiz O’zbek tilining boshqa tillardan kambag’al emasligini, aksincha O’zbek tili boshqa tillardan ko’ra boyroq ekanini ko’p bora aytishgan, yozib qoldirishgan.
Bugungi O’zbek adabiy tili nafaqat so’zlash balki, yozish uchun-da qiyinchilik tug’diradi. O’zbekchasi qulay bo’laturib fors va arabcha so’zlarni qo’shib yozish tilni qiyinlashtirishdan tashqari, ko’p vaqtni da oladi.
O’zbekcha yangilik saytlari tinmay yozayotgan, men aytib o’tgan o’sha qiyin so’zlardan misol keltirsam:
1.»Ishtirok etdi» – yarim arab yarim o’zbek jumlasi 11 tamg’ada yoziladi. Buning o’rniga «qatnashdi» so’zini yozishda vaqtdan yutamiz, shuningdek toza o’zbekcha so’zni ishlatgan bo’lamiz.
2. «Muborakbod etdi», «Tabrikladi»-yarim arab yarim fors yarim o’zbekcha so’zlar. Buning o’rniga «qutladi» deb O’zbekcha yozilsin.
3. «Ro’yxat» – forscha so’z, o’zbekchada «tizma» bo’ladi.
4. «Namoyish etmoq», «Taqdim etmoq» yarim arab, yarim fors so’zlaridan ko’ra «Yoyinlamoq» so’zi ham qulay, ham tushunarli.
5. «Professional» so’zining o’zbekchasi barchaga tushunarli «Yetuk» so’zidir.
6. «Korxona» so’zidan «Ishyeri» so’zi ham ancha qulayroq.
7. «Ta’lim» so’zi arabcha bo’lsa, o’zbekchasi «bilim» so’zidir.
8. «Hamkorlik»dan ko’ra «ishbirlik» so’zi qulayroq.
9. «Ta’lim muassasasi» so’zidan «bilim uyi» ancha osonroq.
10. «Davomiy» arabcha bo’lsa, o’zbekchasi «Uzluksiz»dir.
11. «Mamlakat» o’rnida «o’lka» so’zini yozish vaqtni da tejaydi.
12. «Mehmonxona»dan ko’ra «Qo’noq/Qo’nig’ uyi» so’zi ustunroq.
13. «Muvofiqlashtirish»dan ko’ra «moslashtirish» deya yozsak maqsadga mos boladi 🙂 .
14. «Mutaxassis» so’zi o’rnida «usta» so’zini ishlatish o’z ishining ustasining ishi bo’ladi.
15. «Ma’lumot» o’rnida «bilgi» so’zi mos tushadi.
16. «Hisoblash»ni emas, «sanash»ni o’rganing.
17. «Iste’foga chiqar»mang, shunchaki «ishdan ket»kazing.
18. «Istıqomat qilish»dan ko’ra «yashasin» odamlar 🙂
19. «Tahdid» qilmasdan o’zbekcha «qo’rqitish» qo’rqinchliroq bo’ladi 😉
20. «Xalq» so’zi o’rnida «El» so’zini ishlatish qulay emasmi?
21. «Innovatsi»dan ko’ra «yotirim» so’zi qulayroq.
21. «Rivojlanish»dan ko’ra «o’sish» yaxshiroq.
22. «Takomillashtirish»dan ko’ra, «yetuklashtirish» osonroq.
23. «Tarix»dan ko’ra «o’tmish» o’zimizniki-ku.
24. «Maosh»dan ko’ra «oylik» so’zi oddiy el orasida ko’proq ishlatiladi.
24. «Aholi»dan ko’ra, «yashovchilar» tog’riroq.
25. «Loyiha»dan «Yo’riq» yaxshiroq.
26. «Ozodlikdan mahrum qilindi» deb yozishdan ko’ra «qamaldi» devorsak chapana o’zbekcha bo’ladi.
27. «Muzokara»ni «So’zlashuv» deng.
28. «Ta’kidlab o’tish»dan «aytib o’tish» qulay.
29. «Farzand»dan «bola» yaxshiroq.
30. «Tavallud topgan»dan » tug’ilgan» osonroq.
31. «Batafsil»dan «to’liq» to’liqroq.
32. «Bayonot»dan «ochiqlama» yaxshiroq.
33. «Joriy etish»dan «yo’lga qo’yish» tushunarliroq.
Bunday so’zlar minglab topiladi. Shunchaki, biroz boshni ishlatsak yetarli.
Ko’ryabsizmi, tilimiz o’ta boy.
Toza o’zbekcha so’zlarni ishlatish o’quvchilar uchun ham, yozuvchilar uchun ham qulay.
Bahram Rahmanjan

Javob berish