“Hozirda biz O‘zbekistonga tashrif buyuradiganlar sonini 10 millionga yetkazish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqyapmiz. Ushbu natijaga erishish mumkin deb o‘ylayman. Joriy yildagi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 5,9 million odam tashrif buyurishi kerak edi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli darajada o‘sish hisoblanadi. Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, mamlakatimizga kelgan turistlar soni 3 milliondan oshganini ko‘rib, yil oxiriga qadar mazkur ko‘rsatkich 6,4 millionni tashkil etishidan umidvormiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Aziz Abduhakimovning aytishicha, O‘zbek hukumati uluslararo blogerlar va inflyuenserlar forumini o‘tkazish niyatida, unga ijtimoiy media olamidagi 100 dan ortiq ish ustasi keladi.

Turistlarni jalb qilishdagi yana bir muhim yo‘nalish — turistik brendni Angliya premier-ligasi va taniqli tennischilar bilan ishbirlik orqali keng ommaga yoyish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik loukosterlarni chaqirib, uluslararo aviaforum ham o‘tkazadi.

Bahram Rahmanjan