Headline Ads Banner

O‘zbekistonda aholi sonisoni 33,5 million kishidan oshdi O'zbekiston

O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2019-yil 1-iyul holatiga 33,5 million kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 foizga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,9 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 foiz), qishloq aholisi soni 16,5 million kishini (49,5 foiz) tashkil etdi.

2019-yil 1-iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida — respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foiz; Farg‘ona viloyatida 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foiz, Andijon viloyatida esa 9,2 foiz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra aholining 30,5 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59 foizini mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10 foizini kattalar tashkil etmoqda.

Bahram Rahmanjan

Javob berish