Headline Ads Banner

AQSh Davlat departamenti vakillari O‘zbekistonga keladi Dunyo, O'zbekiston, Umumiy

2019 yilning 19 iyul kuni AQShga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Davlat departamentida davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells bilan so’zlashuvlar o‘tkazdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-AQSh munosabatlari holati va yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashilgan.

Uchrashuv davomida 2018 yil may oyida Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi va Oq uyda prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston – AQSh: strategik sheriklikning yangi davri» qo‘shma siyosiy bayonotining qoidalarini to‘liq amalga oshirishni ta’minlashga tomonlarning o‘zaro intilishi ta’kidlandi.

Devid Heyl ta’kidlashicha, Vashingtonda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanayotgani qayd etilmoqda, keng ko‘lamli aloqalarni yanada mustahkamlash uchun konstruktiv trendni davom ettirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida turli darajalardagi keng qamrovli aloqalarni jadal rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi haqida ma’lum qildi.

Elis Uells ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini baholar ekan, turli darajadagi aloqalarni jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, so‘nggi 15 yilda ilk bor O‘zbekiston mudofaa vazirining joriy yil iyul oyida AQShga tashrifi, Missisipi shtati gubernatorining mamlakatga kelishi alohida ta’kidlandi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ustuvor ahamiyati qayd etildi.

AQSh tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqoti, Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishi mexanizmlarini boshlash, uning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlarga jalb qilinishidagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi, deyiladi xabarda.

Bahram Rahmanjan

Javob berish