Xazoralar – Afg’oniston va Pokistonda yashovchi xalq.

Xazoralar – o’zlarini 1200 yili Afg’onistonga kelgan Chingiz Xon askarlarining avlodlari deb sanaydilar. Ular deyarli 800 yil pushtunlar ichida yashab kelsa da, afg’onistonlik o’zbeklar ka’bi, forsiy millatlardan nafaqat yuz ko’rinishi, urf – odatlari bilan, balki mazhablari bilan ham ajralib turadi. Xazoralarning mazhabi islomning shiya firqasidir. Shu sabab ham ular atrofdagi sunniy mazhabidagi xalqlar tarafidan turli hujumlarga uchrab turishadi.

Ko’pchilik xazoralar Afg’onistonni 1970 yillar so’nggida, urush sababli tark etishgan. Islomchi janggarilar tarafidan turli hujumlarga muntazam uchrab kelishi, xazoralar o’zlarining harbiy «Xizbi Vadat» uyushmasini tuzishlariga turtki bo’lgan. Biroq, bu uyushma «Tolibon» janggarilari tarafidan yo’q qilingan.

Afg’onistondan qochgan xazoralar asosan Eronga va Pokistonning shiya mazhabiga ergashuvchilar yashaydigan hududlarida yerlashgan.

Pokistonda xazoralar Balujiston mintaqasiga yerlashganlar, ularning nufuzi million atrofida. Biroq, bu mintaqada-da xazoralarga qarshi terroristik hujumlar to’xtamay keladi. Sunniy janggarilari ularni olib qochadilar, o’ldiradilar va qullikka sotib yuboradilar.

Quyidagi rasmlar Pokistonning xazoralar yashaydigan Xazora-taune mintaqasida olingan:

1. Xazora-taunaga kiraverishda joylashgan tekshiruv hududi

2. Xazora bolalari ko’chada o’ynamoqda. Turli etnik va diniy mojarolar tufayli Pokiston hukumati Balujiston mintaqasida xazoralar yashaydigan tumanlarni devorlar bilan o’rab, tekshiruv punktlarini o’rnatishga majbur bo’lgan.

3. Xazora bolalari maktabga ketishmoqda. Xazoralarning mazhabi shiya firqasi bo’lgani sababli ularga muntazam hujumlar bo’lib turadi. Hujumlar nishoni – asosan bolalar.

4. Xazora-taunalik kirakash. Uning dos’ti janggarilar hujumida o’lganidan so’ng, qo’liga dos’tining ismini yozib tanchizgi qildirgan.

5. Janggarilar hujumidan vafot etgan o’g’li uchun yig’layotgan xazora ota.

6. Xazora temirchi yigit.

7. Sardar Sahil, xazora millatiga mansub advokat. U ko’chaga chiqayotgan chog’da doimo yoniga to’pponchasini olib chiqishga majbur.

8. Sahil onasini o’pib xayrlashmoqda. Ularning bu quchoqlashishi so’nggisi bo’lishi ham mumkin.

9. Xazoralar milliy o’yinini o’ynashmoqda. Bu o’yin o’zbeklarning «oshiq otish» o’yiniga o’xshab ketadi.

10. Xazora qizi milliy kiyimda, Kvettada xazoralar madaniyati kuni bayrami chog’ida.

11. Xazoralar choyxonada.

12. Xazoralar yashaydigan ko’chalardan biri.

13. Murad Ali Murad – Afg’oniston general-leytenanti. U minglagan xazoralarni muqarrar o’limdan qutqargan harbiy. Terrorchilar tarafidan o’ldirilgan.

14. Xazora qizalog’i miliy kiyimda

15. Xazora bolakay, milliy kiyimda.

16. O’rta yoshli xazora ayoli.

17. Tinchlik va erkinlik istaydigan xazora qizlari.

18. O’quvchi xazora qizlari.

19. Sayra Batuul – Pokistondagi ilk harbiy – uchuvchi xazora qizi. Uning boshi uchun janggarilar ko’p miqdorda pul tikishgan.

Bahram Rahmanjan