Headline Ads Banner

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi yaratiladi Ish dunyosi, O'zbekiston

Normativ-huquqiy hujjatlar yo’riqlari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tchuqur yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralari notariuslarining majburiy a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • notarial idoralari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;
  • nizolarni oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini, ularning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
  • yagona notarial amaliyotni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, notarial idoralari faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
  • notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
  • notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalariga va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi:

  • notarial idoralari notariuslarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi;
  • notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi;
  • notarial idoralari notariuslarining palataga kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notarial palata bilan hamkorlikda:

  • nodavlat notarial idoralari notariuslari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustida tizimli va qattiq nazoratni o‘rnatadi;
  • mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib hamda nodavlat notarial idoralari faoliyatini har tomonlama tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bahram Rahmanjan

Javob berish