Headline Ads Banner

O’zbekistonni Venesuelaga taqqoslagan vazir keskin tanqid qilindi (fototizma) Beshinchi burchak

22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yig’ilishlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev qatnashuvida OAV vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tgandi.

Tadbir chog’ida jurnalistlar vazir Botir Xo‘jayevdan yuqori darajadagi inflatsiya tufayli denominatsiya (pul qiymatini kichraytirish, hisob-kitobni soddalashtirish uchun bir necha nollarni olib tashlash – tahr.) rejalashtirilayotgani yoki yo‘qligi haqida so‘raldi.

«Denominatsiya masalasi Markaziy Bank vakolatida. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining bunga aloqasi yo‘q. Inflatsiyaga kelsak, bizda inflatsiya darajasi yuqori emas. To‘g‘ri, inflatsiya yuqori, lekin bizdan ham yuqori davlatlar ham bor – masalan Venesuela. Bizda inflatsiyaning asosiy sababchisi so‘mning devalvatsiyasi. Shunga qaramay biz inflatsiya darajasini tushirish ustida ishlayapmiz», deb javob bergan Botir Xo’jayevning.

Botir Xo’jayevning O’zbekistonni parokandaga aylangan Venesuela bilan taqqoslagani internetning O’zbek segmentida keskin tanqidlarga sabab bo’ldi.

Quyida O’zbek yuzerlari qoldirgan fikrlarni yoyinladik:

 

Javob berish