Headline Ads Banner

Farg‘ona vodiysi tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi O'zbekiston, Umumiy

Joriy yilning 10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra:

Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Javob berish