Headline Ads Banner

O’zbek shahmatchilari chempion! O'zbekiston, Sport

Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda oʻtayotgan Jahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

9 avgust kuni oʻtkazilgan hal qiluvchi bahsda oʻzbek shaxmatchilari Hollandiya jamoasi ustidan 2,5:1,5 hisobida gʻolib kelishgan. Shu tariqa Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javhir Sindarov, Jahongir Vohidov hamda Shamsiddin Vohidov musobaqa gʻolibiga aylanishgan.

Oʻzbek shaxmatchilari shaxmat olimpiadasida soʻnggi bor 1992 yilda sovrinli oʻringa ega boʻlishgandi. Filippinning Manila shahrida oʻtkazilgan oʻsha musobaqada ular kumush medalni qoʻlga kiritishgan edi.

Javob berish