Headline Ads Banner

Mojaristondagi «Buyuk Qurultoy» Dunyo, O'zbekiston, Umumiy

Mojaristonda “Buyuk Qurultoy” boʻlib oʻtmoqda.

Oʻtmishdan Turkiy xalqlar va moʻgʻul xalqida qadimdan mavjud boʻlgan turli harbiy kengashlar va majlislarni “qurultoy” deb atashgan.
Xun, Eftaliylar, Koʻkturklar, Saljuqiylar, Temuriylar va boshqa imperiyalar, xonliklarda ahamiyatga molik hodisalar qurultoy orqali xal qilingan.

Hozirgi kunda Vengriyada ushbu kengashni qayta tiriltirish, turk xalqlarining birligiga xissa qoʻshish yoʻlida “Buyuk Qurultoy” oʻtkazib kelinadi.

Qurultoyga mustaqil va avtonom statusidagi turk xalqlarining vakillari qatnashib, milliy oʻyinlar, milliy cholgʻu asboblar, madaniy chora-tadbirlar bilan tomoshabinlar tanishtiriladi.
Ushbu qurultoyga Oʻzbekistondan va Kanadalik oʻzbeklardan ham delegatsiya qatnashib, oʻzbek madaniyatini turk xalqlari ichida yoyilishiga hissa qoʻshmoqda.

Javob berish