Headline Ads Banner

Yozar arxivi:

Tulada pichoqlangan O’zbekistonlik ayol ishi yuzasidan Mehnat vazirligi ochiqlamasi Dunyo, O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi bosh vakilligi bilgisiga ko‘ra, kecha Tula viloyati Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassadagi ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jazohat yetkazgan. Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston vatandoshi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, shifo uyida hayotdan ko‘z yumgan.

Davomini o’qish

«Yurtmenboshining xotira daftaridan». Roman. Nabijon Boqiy Beshinchi burchak, O'zbekiston

49. QORONG‘I UYDAGI QORA MUShUK Man tarix saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish tarafdoriman. Buyuk davlatlar bilan do‘stona aloqa o‘rnatish uchun tarixiy tajribalar albatta hisobga olinishi kerak. Esimda bor, talabalik yillarimda sobiq Ittifoq bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar nihoyatda keskin tus oladi. O‘sha paytlarda tarqalgan mishmishlarga qaraganda, Stalin jasadini mavzoleydan chiqarib tashlanishiga Xitoy rahbari Mao Tszedun e’tiroz bildirgan

Davomini o’qish

Tokio metro bekatlarida O’zbekistonning turistik salohiyatini ko’rsatuvchi videoroliklar namoyish etilmoqda Dunyo, O'zbekiston

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda 25 apreldan Tokio metropolitenining 3 bekatida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi va bekatlarda yaponiyaliklarni O‘zbekistonga sayohat qilishga chaqiradigan plakatlar osilib, videomateriallar ekranlarda ko‘rsatilmoqda. Reklama bannerlarida  Samarqand va Buxorodagi tarixiy binolar tasviri aks ettirilib tayyorlangan va metroning eng odam ko‘p harakatlanadigan «Shinjuku»,

Davomini o’qish

Farg’onada mansabidan foydalanib xalq mulkini talon-taroj qilgan amaldor ushlandi O'zbekiston, Umumiy

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi inspektoriga 1000 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish davlat boshqarmasining qozonxona boshlig‘i ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Farg‘ona viloyati «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish davlat boshqarmasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o’tkazilmoqda. Boshqarmaning RK-3 qozonxonasida ham xatlov o‘tkazilib, temir

Davomini o’qish

«Yurtmenboshining xotira daftaridan». Roman. Nabijon Boqiy Beshinchi burchak, O'zbekiston

46. VANDALIZM Olmonlar qadimda yovqur xalq bo‘lgan. Ular Evropani zir titratgan: o‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini tortib olavergan. G‘ayrat-shijoati ichiga sig‘magan vandal qabilasi olmonlar tarkibidan ajralib chiqib janub tomon yo‘l oladi. Yo‘l-yo‘lakay uchragan shaharlarni talon-taroj qiladi va O‘rta Er dengizidan o‘tib Shimoliy Afrikani zabt etadi. Mustamlaka o‘lkada qirollik davlati barpo etiladi. Bu qadimgi dunyodagi ilk qirollik

Davomini o’qish

O’rta Chirchiqda avtobus halokati yuz berdi. Yo’lovchilardan 5 nafari jiddiy jarohat bilan shifo maskaniga yotqizilgan O'zbekiston, Umumiy

29 aprel kuni soat 02:00 larda Oʻrta Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R20 avtomobil yoʻlining 6-kilometrida Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yoʻlovchisi boʻlgan «Mersedes» rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan. FVV ning ochiqlashicha, avtobus boshqaruvni yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urilib yonboshlagan va yonishni boshlagan, yoʻlovchilar zudlik bilan avtobusdan chiqarilgan. Barcha yoʻlovchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, 7

Davomini o’qish

«Yurtmenboshining xotira daftaridan». Roman. Nabijon Boqiy Beshinchi burchak, O'zbekiston

43. HASANALI Kabinetimdan yig‘latib chiqarganimdan so‘ng uch-to‘rt kun o‘tkazib Parokand o‘tiradigan uchinchi qavatga tushib bordim. Ataylab peshin vaqtini mo‘ljallab tushdimki, “Mirzolarning mirzosi devonda ham besh vaqt namozini kanda qilmaydi, xonasini ichkaridan qulflab olib namoz o‘qiydi”, degan ma’lumot bot-bot stolimga kelib tushar edi. Ogohlantirmasdan qabulxonasiga kirsam, kotiba ayol kompьyuter ekraniga tikilgancha ko‘zlariga surma surtayotgan ekan. Sapchib

Davomini o’qish

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Bir makon, bir yo’l» uluslararo forumidagi nutqi Dunyo, O'zbekiston

«Bir makon, bir yoʻl» ikkinchi uluslararo forumi bugun «Yansi» uluslararo konferensiyalar markazida delegatsiya rahbarlarining davra suhbati tarzida davom etdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi. – Uluslararo va mintaqaviy oʻzaro bogʻliklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yoʻlga ega boʻlmagan mamlakatimiz uchun dolzarb boʻlib kelgan va hozir ham shunday. Oʻzbekiston

Davomini o’qish

Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida tekshiruv o’tkazish huquqiga ega davlat organlari ma’lum qilindi O'zbekiston, Umumiy

Hukumat qarori (352-son, 25.04.2019 y.) bilan Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida ochiqlanishicha, nizomga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarida (bog‘cha) va umumta’lim muassasalarida (maktab) quyidagi davlat organlari tekshirishni amalga oshiradi: – Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;

Davomini o’qish

Yetti oy ichida uchinchi o’sish. Boshkentda sovuq suv narxlari oshdi Beshinchi burchak, O'zbekiston

24 apreldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv narxlari oshirildi. «Suvsoz» ish yeri bu haqda 25 aprel kuni bildirdi. Unga koʻra, boshkent hokimiyati yangi narxlarni 2 aprelda tasdiqlagan. Ichimlik suvi tariflari 2018 yil yanvarida belgilangan har kub metri uchun 100 soʻm miqdoridagi maxsus ustamani oʻz ichiga oladi. Markazlashtirilgan issiq suv taʼminotiga ega koʻp qavatli uylarda yashovchi

Davomini o’qish