Sirdaryo viloyati markazidan Tojiki
3 yil avval
3 yil avval
3 yil avval
3 yil avval
3 yil avval
Faxriddin Tojimurod
«Toshkentpost.com» internet yoyini Kanadada yashayotgan jurnalist Faxriddin Tojimurod tomonidan yo’lga qo’yilmoqda.
O’zbekiston Davlatida bo’layotgan yaxshi o’zgarishlar, Davlatning El bilan birgaligi yangi qurilayotgan yangiliklar va analitik portalimizni ham El uchun bel bog’lashga undadi.
«Toshkentpost.com» portalining dunyodagi hech bir qurum va yoki boshqa biror Davlat tashkilotlariga bog’liq joyi bo’lmagani kabi, hech qayerdan hech qanday moddiy yordam ham olmaydi.
«ToshkentPost» to’laligicha jonkuyar yurtdoshlarning ixtiyoriy birgaligi bilan oyoqqa turajakdir.
Portalimizda yangiliklar, analitik maqolalar, iqtisodiy analizlar, ish dunyosi va dunyo siyosati xabarlari yoritib boriladi.
Berilayotgan xabar va maqolalarda biz har doim O’zbek Eli manfaatlarini birlamchi qo’yamiz, O’zbek tili tozaligini saqlashga urinamiz.
Shu sababli, «arxayik» tamg’asi bosilgan barcha so’zlarimiz bizning uzatmalarda qaytadan jon oladi, ularning unutilmasligi uchun qo’limizdan kelgan hamma ishni qilamiz.
Biz bilan ishbirligi ichida bo’lishni istagan barcha yozarlarga eshigimiz ham, yuragimiz ham ochiqdir.
Biz, O’zbekistonda sovet yillarida yaratilgan, bugun ham qo’llanilayotgan o’xshovsiz soxta «junalist tili»dan butunicha kechishni, tekis oquvchi Ona tilimizni hayotga qaytarishni istaymiz.
Saytimiz qurilish jarayonidadir, xato va kamchiliklarga ko’zingiz tushsa, «Bog’lanish» yo’llamasidan bizga bildirishingizni so’raymiz.
Har kuningiz yaxshi o’tsin, aziz Yurtdosh!
Faxriddin Tojimurod.